Published January 31, 2022 | Version v1

DAVLAT MOLIYASINI SHAKLLANTIRISHDA SOLIQ SIYOSATINING O'RNI

  • 1. Qarshi Muhandislik-Iqtisodiyot Instituti "Davlat moliyasi va Xalqaro moliya" yo'nalishi magistrantlari

Description

Anotatsiya: Ushbu maqolada Davlat moliyasini shakllantirishda soliq siyosatining o’rni va soliqlar haqida hamda,Davlati budjeti va davlat funksiyalari haqida ma‘lumotlar berilgan.

Davlat budjeti davlatning yirik markazlashgan pul fondi bo‘lib, davlatning funksiyalarini bajarishga asoslangan iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Budjet so‘zi g‘azna ma’nosini bildirar ekan, uning mohiyati ham davlatning qo‘lida markazlashtirilgan pul jamg‘armalarining tashkil etilishi va davlatning siyosatini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar yuzasidan pul munosabatlarini bildiradi. Davlat budjeti moliya tizimi hamda davlat moliya bo‘g‘inining asosiy qismidir.

O‘zbekiston Respublikasining Budjet Kodeksiga asosan davlat budjetiga

quyidagicha tarif berilgan: “Davlat budjeti - davlat pul mablag‘larining (shu

jumladan davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining) markazlashtirilgan

jamg‘armasi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori,

shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar

sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi”.

Files

142-147.pdf

Files (699.2 kB)

Name Size Download all
md5:3994164d00b5764ce40f0b73efa1586b
699.2 kB Preview Download