Published January 20, 2022 | Version v1

YOZUVCHI ERKIN A`ZAMNING OG`ZAKI NUTQQA XOS LEKSIK VA GRAMMATIK VOSITALARDAN USLUBIY FOYDALANISH MAHORATI

Authors/Creators

Description

Bu  maqolada Erkin A`zamning asarlarida uchrovchi og`zaki nutqqa xos leksik va grammatik vositalardan uslubiy foydalanishi haqida ma`lumotlar keltirilgan. Uslubda ishlatiladigan faol so‘zlar lug‘at tarkibining asosiy qismini tashkil etadi. Bunday so‘zlar uyda, ko'chada, ishxonada, bozorda, to‘y-tomoshada islilatiladi. So'zlashuv uslubda qo‘llanadigan asosiy so‘zlar; osh, non, suv, don, ovqat, tuz, shakar, go'sht, yer, osmon, quyosh, ona, bola, ota kabilar uslubiy bo‘yoqsiz bo'lgani  uchun neytral so‘z hisoblanadi. Lekin bu stilda yana shunday so‘zlar ishlatiladiki, ular yo ijobiy yoki salbiy bo'yoqqa ega bo‘ladi. Tilning leksikasi eng nozik ma'no va stilistik ottenka (tur)lar bilan informatsiya berishda juda katta imkoniyatlarga ega.

Files

V2I10033.pdf

Files (824.4 kB)

Name Size
md5:f0be115a64a8aa538ec01156929906a5
824.4 kB Preview Download