Published May 16, 2021 | Version v1

SOYA CHIQINDISIDAN OZIQ-OVQAT OQSILLARINI OLISH

  • 1. Farg'ona davlat universiteti Kimyo mutaxassisligi magistranti
  • 2. Farg'ona davlat universiteti, Kimyo kafedrasi, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Description

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  soya  chiqindisidan  oziq-ovqat  oqsillari  olish 
usullari ko’rib chiqilgan.  

Keyingi paytlarda yildan-yilga aholi soni ortib borayotganligi sababli, insonlarni 
oziq ovqat maxsulotlari, oqsil moddalariga bo’lgan talab kuchayib bormoqda. Sifatli 
ozuqa  va  oziq-ovqat  oqsilini  manbaini  topish  yo’lida  olimlar  azal-azaldan  izlanib 
kelganlar.  
Soya urug’ining asosiy biokimyoviy tarkibiy qismi oqsil hisoblanadi. Dunyoda 
yetishtiriladigan  barcha  ekinlar  orasida  soya  eng  yuqori  proteinli  ekinlardan 
hisoblanadi.  Qimmatli ozuqa  ekanligi  esa  uning ahamiyatini  yanada oshiradi.  Soya 
oqsili  tana  tomonidan  oson  so’riladi  va  tanadagi  immunitetni  yaxshilaydi. 
Adabiyotlarlardan ma’lumki, soya doni massasining 30-50 % oqsillardan iborat va bu 
umumiy  oqsilning  65-85  %  ini  tashkil  qiladi.  Bu  esa  ko‘p  miqdorda  soya  oqsilini 
ajratib  olish  va  turli  maqsadlarda  foydalanish  imkoniyatini  beradi  [1].  So‘nggi 
yillarda ushbu oqsildan tibbiyot sohasida (gidrogellar, suyak plombalari, antibakterial 
polipeptidlar olishda), farmasevtika sohasida (IFA test-sistemalari ishlab chiqarishda) 
va  oziq  ovqat  sanoatida  (bolalar  kashasi,  kolbasa  va  x.)  xomashyo  sifatida  keng 
miqyosda foydalanilmoqda [2]. Soya-nafaqat oqsil manbai, balki urug’dagi miqdori 
16% dan 27% gacha o’zgaradigan yog’ manbai xamdir. Soyaning yana bir xarakterli 
xususiyati  uglevod  miqdorining  yuqori  emasligidir.  Soya  oqsili  tarkibida  tengsiz 
aminokislotalarning  muvozanatlashgan  nisbatlari  mavjud  va  u  tuxum  va  go’sht 
oqsiliga tenglashtiriladi. Shuning uchun ham bu oqsilni maqsadga qarab, ajratishning 
yangi usullarini ishlab chiqish, xususiyatlarini o‘rganish va inson faoliyatinig turli xil 
sohalarida  foydalanishga  bo‘lgan  qiziqish  ortib  bormoqda.

Files

Maqola_UzACADEMIA ilmiy jurnali 16-son 2-qism_63 bet.pdf

Files (3.1 MB)

Name Size
md5:520516e08bb440b8e7326c66d27428ee
3.1 MB Preview Download