Published November 30, 2021 | Version v1

TA'LIM JARAYONIDA KREATIVLIK FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH USULLARI

Authors/Creators

  • 1. Buxoro viloyat Buxoro tuman 14-umumta'lim maktab boshlang'ich sinf o'qituvchisi

Description

 O`zbekistonning milliy taraqqiyotga qaratilgan bosh g`oyasi - ozod va obod 
Vatan, erkin va farovon xayot barpo etishdir. Binobarin, ozod va obod davlatning 
fuqarolari komillik sari intilib yashash maqsadini o`z oldiga qo`yadi. Har qanday 
jamiyatning  iqtisodiy,  siyosiy,  ijtimoiy  va  madaniy  barqarorligi  o`sha  jamiyat 
fuqarolarining  ma`naviy-axloqiy,  intellektual  va  kasbiy  salohiyati  darajasiga 
bog`liq.  Shunday  ekan,  ma`naviy-axloqiy  va  kasbiy  jihatdan  to`laqonli 
shakllanmagan  shaxsda  o`z  vatani,  millati,  egallagan  kasb-kori  bilan  faxrlanish 
tuyg`usi sayoz bo`ladi. Bu holat O`zbekistonning bozor munosabatlariga xos shart 
sharoitlarida  yaqqol  ko`zga  tashlanmoqda.  Ushbu  metodologik  fikr  va  tadqiqot 
ishlanmalarimizdan kelib chiqib, shuni aytish lozimki, agar o’quvchi o`quv - biluv 
va tarbiyaviy faoliyatning maqsadini bilmasa, o’qituvchi  tomonidan qo`yilgan 
vazifalarni tushunmaydi hamda qabul qilolmaydi. Bolaning majburiyati qiziqish 
asosida bo`lmay, balki majburiy, sun`iy va lozim bo`lsa tazyiq ostida sodir bo`ladi. 
O’quvchi  mashg’ulotdagi mavzularni shunchaki ko`r-ko`rona “o`rganish”ga yoki 
ayrim munosabatlarni quruq yodlab olishga majbur bo`ladi. “O`qituvchi-o`quvchi ” 
munosabati  “sub`ekt-sub`ekt”  munosabatlar  darajasiga  ko`tarilmas  ekan, 
o`quvchida ta’lim jarayoniga va bilim, ko`nikma, malakalarini egallashga nisbatan 
befarqlik  vujudga  keladi.  Olib  borayotgan  izlanishlarimiz  bolaning  shaxsiy, 
sub`ektiv  tafakkuri  rivojiga  asoslangan  mustaqil  fikrini  shakllantirish  uchun 
o’qituvchining  kasbiy  faoliyatini  texnologiyalashtirish,  pedagogika  fanida 
yechimini kutayotgan dolzarb muammo ekanligini ta`kidlaydi. 

Files

156-161.pdf

Files (814.5 kB)

Name Size
md5:a1715aa021bd1b80d62c980522143389
814.5 kB Preview Download