Published November 30, 2021 | Version v1

ABDULLAH QAHHOR HIKOYA NAVIZ

Authors/Creators

  • 1. Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani 23 - maktab ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi

Description

 Annontatsiya:  
       Abdulla Qahhor (1907.17.9, Qo‘qon  1968.25.5,  Moskva)  —  Oʻzbekiston 
xalq yozuvchisi (1967). Temirchi oilasida tug‘ilgan. Bolaligi Qo‘qon va uning 
atrofidagi qishloqlarda o‘tdi. Oqqo‘rg‘on qishlog‘idagi Mamajon qorining usuli 
savtiya maktabida tahsil ko‘rdi.  

  Oilasi Qo‘qonga ko‘chib kelgach „Istiqlol“ nomli sho‘ro maktabiga o‘qishga 
kiradi, undan internat, „Kommuna“, „Namuna“ maktablarida, so‘ng bilim yurtida 
tahsil ko‘radi. Bilim yurtining „Adib“ qo‘lyozma jurnalida dastlabki mashqlari bilan 
qatnashadi. Toshkentdagi „Qizil  O‘zbekiston“ gazetasi tahririyatining 
„Ishchibatrak maktublari“ varaqasiga muharrirlik qildi (1925). U gazetada ishlash 
jarayonida O‘rta  Osiyo davlat  universitetining  ishchilar  fakultetini  tamomlaydi 
(1928).  Abdulla  Qahhor  yana  Qo‘qonga  borib,  dastlab o‘qituvchilarni qayta 
tayyorlash  kursida muallimlik qiladi;  ko‘p  o‘tmay „Yangi  Farg‘ona“ viloyat 
gazetasiga  kotib  va  „Chig‘iriq“  hajviy  bo‘limiga  mudir  etib  tayinlanadi  (1929). 
Abdulla  Qahhorning „Oy  kuyganda“ ilk  hajviy  sheʼri „Mushtum“ jurnalida  Norin 
shilpiq  taxallusi  ostida  bosildi  (1924).  So‘ng  uning  bir  qancha 
hajviy sheʼr va hikoyalari „Mushtum“, „Yangi  yo‘l“ jurnallari  va  „Qizil 
O‘zbekiston“  gazetasida  Mavlon  kufur,  Gulyor,  Nish,  Erkaboy,  E-voy  kabi 
taxalluslar ostida eʼlon qilindi. Abdulla Qahhor 30-yillarda yana Toshkentga qaytadi 
va  O‘rta  Osiyo  davlat  universitetining  pedagogika  fakultetiga  o‘qishga  kiradi 
(1930),  ayni  paytda „Sovet  adabiyoti“ jurnalida  mas’ul  kotib  vazifasini  bajaradi. 

Files

153-155.pdf

Files (673.1 kB)

Name Size
md5:71eefd8ba87a7463632a2e13b626d6eb
673.1 kB Preview Download