USLUBLAR HAQIDA UMUMIY MA'LUMOTLAR
Authors/Creators
- 1. Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar 4-umumiy o'rta ta'lim maktabi Ona tili fani o'qituvchsi
- 2. Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar 4-umumiy o'rta ta'lim maktabi Musiqa fani o'qituvchsi
- 3. Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar 4-umumiy o'rta ta'lim maktabi Ona tili fani o'qituvchsi
Description
Annontatsiya: Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo’limi bo’lib, nutq jarayonida
til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish
qonuniyatlari bilan tanishtiradi.
Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo’llanish yo’llari, fonеtik,
lug’aviy, frazеologik va grammatik birliklarning qo’llanish xususiyatlari
o’rganiladi.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma'lum bir sohada qo’llanadigan ko’rinishi
adabiy til uslubi dеyiladi. O’zbеk adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor.
So’zlashuv uslubi Kеng qo’llanadigan uslublardan biri so’zlashuv uslubidir. Bu
uslubda ko’pincha adabiy til mе'yorlariga rioya qilinadi. So’zlashuv uslubidagi
nutq ko’pincha dialogik shaklda bo’ladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmasi
dan tuzilgan nutq dialogik nutq dеyiladi.
So’zlashuv uslubida ko’pincha turli uslubiy bo’yoqli so’zlar, grammatik
vositalar, tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Obbo, hamma ishni
do’ndiribsiz-da. Mazza qildik. Kеtaqo-o-ol!