Published November 30, 2021 | Version v1

MAKTABLARDA KIMYOVIY BOG'LANISH MAVZUSINI O'QITISHDA NIMALARGA E'TIBOR BERISH KERAK

  • 1. XTV tasarrufidagi TFIDU maktabining kimyo fani o'qituvchilar

Description

Annotatsiya:  o’quvchilar  moddalarning  o’zaro  hosil  bo’lishi,valen  telektronlari 
umuman  modda  hosil  bo’lishida  kimyoviy  bog’lanish  mavzusini  mustaxkam 
o’rganish talab etiladi  

Kimyoviy bog‘lanish haqidagi ta'limotlar kimyoning asosiy masalalaridan biridir.  
Bu  ta'limotni  bilmay  turib  kimyoviy  birikmalarning  turli-tumanligi  sabablarini, 
ularning  hosil    bo‘lish    mexanizmini,    tuzilishini    va    reaksiyaga    kirisha    olish  
xususiyatini tushunib bo‘lmaydi. 
Molekulada    atomlarni    bir-biriga    biriktirib    turadigan    kuchlarning    yig‘indisi 
kimyoviy bog‘lanish deyiladi. Hozirda molekulalarda element atomlarining qanday 
bog‘langanligi  turli  nazariyalarbilan  tushuntiriladi.  Ulardan  eng  asosiylari  valent 
bog‘lar nazariyasi (VBN) va molekulyar orbitallar nazariyasi (MO).  
Kimyoviy  bog‘lanishning  VBN  ga  ko‘ra  kimyoviy  bog‘lanish  hosil  bo‘lishda 
element  atomlarining  tashqi    (ayrim  hollarda    tashqidan  oldingi)    energetik 
pog‘onalaridagi  elektronlar  ishtirok  etadi  va  ularning  elektron  buluti  zichliklari 
qayta taqsimlanadi.  
Kimyoviy bog‘lanishda ishtirok etuvchi elektronlar valent elektronlar deyiladi.  
Bosh    guruhcha    elementlarining    tashqi    qavat    elektronlari,    yonaki    guruhcha 
elementlarining    tashqi  va  tashqidan    oldingi  qavat  elektronlari    kimyoviy  
bog‘lanishda ishtirok etishi mumkin. 

Files

77-88.pdf

Files (1.1 MB)

Name Size
md5:5e53a30d706e60ef44cc005c63bd8020
1.1 MB Preview Download