BOSHLANG'ICH SINFLARDA SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISH
Authors/Creators
- 1. Farg'ona viloyati, Oltiariq tumani, 26- umumiy o'rta ta'lim maktabi Boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi
Description
Anotatsiya: Ushbu maqolada yosh Boshlang’ich ta’lim o’qiuvchilari uchun
boshlng’ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va sinf jamoasini
boshqarish haqida tavsiyalar berilgan.
Ta'lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, shu
jarayonda shaxsning taraqqiyoti, uning ma'lumoti va tarbiyasi ham amalga
oshadi. Darslarda o‘qituvchi o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini mashg‘ulotlar
vositasida o‘quvchilarga yetkazadi, o‘quvchilar esa uni o‘zlashtirib borishi
natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega bo‘ladi. O‘rganish jarayonida
o‘quvchilar o‘zlashtirishning turli ko‘rinishlaridan foydalanishadi, ya'ni
o‘zlashtirilayotgan ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga
tatbiq etishda o‘ziga xos tafovutlarga tayanadi. Ta'lim jarayonida o‘qituvchi va
o‘quvchilarlarning dars paytidagi hamkorligi, o‘quvchilarning mustaqil ishlashi,
sinfdan tashqari ishlar shaklida ta'lim va tarbiya masalalari hal etiladi.