BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANING O'QITISHNING MAQSADI
Authors/Creators
- 1. Farg'ona viloyati Oltiariq tumani 26-umumiy o'rta ta'lim maktabining Boshlang'ich ta'im o'qituvchisi
Description
Anotatsiya: Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda matematika fanini
o’qitishning maqsadi, metodikasi, boshlang’ich sinflarda matematika
darslarini tashkil qilish xaqida fikrlar keltirilgan.
Matematika boshlang‘ich ta’lim metodikasining predmeti quyidagilardan
iborat:
1. Matematika o‘qitishdan ko‘zda tutilgan maqsadni asoslash (Nima uchun
matematika o‘qitiladi, o‘rgatiladi).
2. Matematika o‘qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o‘rgatish) bir
tizimga kiltirilgan bilimlar darajasini o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos
keladigan qilib qanday taqsimlansa, fan asoslarini o‘rganishda izchillik
ta’minlanadi, o‘quv ishlariga o‘quv mashg‘ulotlari beradigan yuklama bartaraf
qilinadi, ta’limning mazmuni o‘quvchilarning aniq bilim bilish imkoniyatlariga
mos keladi.
3. O‘qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o‘qitish kerak, ya’ni,
o‘quvchilar hozirgi kunda zarur bo‘lgan iqtisodiy bilimlarni, malaka,
ko‘nikmalarni va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olishlari uchun o‘quv
ishlari metodikasi qanday bo‘lishi kerak?