O'QUVCHI MANAVIY FAZILATLARINING RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART SHAROITLARI
Authors/Creators
- 1. Qõqon DPI pedagogika va psixologiya fakulteti 1-kurs magistranti
Description
Annontatsiya: O’quvchi shaxsining ta`lim jarayonidagi o’rni, faoliyati. Ta`lim
jarayonida o’quvchilarning faoliyati. Bilim olish faoliyatning o’ziga xos
ko’rinishi sifatida muayyan tuzilish, rivojlanish va faoliyat qonuniyatlariga ega.
Bilim olish borliqni idrok etish, o’rganish, mashq qilish va muayyan tajriba
asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko’nikma, malakalarining mustahkamlanib,
mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni hisoblanadi. Bilim
olishning muhim komponenti motiv, ya`ni, ta`limiy xarakterdagi harakat yoki
faoliyatni tashkil etishga nisbatan rag’batni his etish, ehtiyojning yuzaga
kelishidir.
O’qishning keyingi komponenti o’quv harakatlari (operatsiyalari)
sanalaib, ular anglangan maqsadga binoan amalga oshiradi. O’quv harakatlari
o’quv jarayonini tashkil etishning barcha bosqichlarida namoyon bo’ladi.
Harakatlar tashqi (kuzatiladigan) va ichki (kuzatilmaydigan) ko’rinida bo’lishi
mumkin. Tashqi o’quv harakatlariga predmetli harakatlar (yozish, rasm chizish,
tajribalar o’tkazish); pertseptiv harakatlar (tinglash, fikrlash, kuzatish, sezish)
hamda nutqdan foydalanish kiradi.