NOVERBAL MULOQOTNING MILLIY-MADANIY XUSUSIYATLARI
Description
Annotatsiya. Biz ushbu maqolamizda o’zbeklar milliy muloqot xulqida
noverbal vositalarning milliy-madaniy xususiyatlari masalasini bayon etamiz.
Noverbal muloqot kishilarning eng qadimiy muloqot shaklidir.
Kommunikatsiyaning noverbal vositalari tildan oldin rivojlangan bo‘lib, ularning
dastlabki vazifasi o‘zining barqarorligi va samaradorligi bilan ajralib turgan.
Asta-sekin ularning verbal vositalardan afzalligi namoyon bo‘lgan: ular bevosita
qabul qilingan, shuning uchun ham adresatga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Ular
vositasi qandaydir sababga ko‘ra so‘z orqali berib bo‘lmaydigan eng nozik
tuyg‘ular, munosabatlar ifodalangan. Noverbal muloqot kishilar o‘rtasidagi
noverbal xabarlar almashinuvi va ularning talqinini bildiradi. Har bir madaniyat
borliqni o‘ziga xos belgilar va ramzlar yordamida aks ettirgani uchun ham
noverbal muloqot yuzaga chiqadi.