BOSHLANG'ICH SINFLARDA INGLIZ TILI DARSLARIDA TIL O'YINLARIDAN FOYDALANISH
Authors/Creators
- 1. Qashqadaryo viloyati Yakkaboģ tumani 75-umumiy òrta ta'lim maktabi Ingliz tili o'qituvchi
Description
Har qanday xorijiy tilni mustaqil o‘rganish — murakkab
vazifa. Eng avvalo, tanlangan til sizga nima uchun zarurligini aniqlab,
maqsadni belgilash kerak. Ingliz tili sayohat yo xizmat safarida muloqot uchun,
universitetda baholarni yaxshilash yo ingliz tilida chop etilgan adabiyotlarni erkin
mutolaa qilish uchun kerakmi? Quyida o‘z tajribamda qo‘llangan usullar bilan
o‘rtoqlashmoqchiman.
Shuni bilingki, maqsad aniq bo‘lsa, unga yetishish yo‘llari ham ko‘rinadi.
Shunga muvofiq, til nega kerak bo‘lishini belgilab olgach, ishga kirishing.
Alifboni bilmay, til o‘rganishni boshlaganlar uchun Puzzle English internet
resursi foydali bo‘ladi.
Til o‘rganishning boshlang‘ich davri chiroyli va to‘g‘ri talaffuz qilish kabi
mashqlari bilan hamohang bo‘lishi kerak. Men ingliz tiladi kuyga solingan
qo‘shiqlarni ko‘p tinglaganman. Albatta, qo‘shiq matni bilan xonandaning
talaffuzi ikki xil bo‘lishi mumkin, lekin bu foyda beradi. Shunchaki, ashula
nomiga lyrics so‘zini qo‘shib qidiruv portaliga kiriting va natijada ko‘ringan
matnni ko‘chirib oling.