Published November 30, 2021 | Version v1

TALABALARDA JISMONIY MADANIYANI RIVOJLANTIRISH

  • 1. Jizzax davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti

Description

Ushbu maqolada talabalarda jismoniy madaniyani rivojlantirish 
hsmds  jismoniy  tarbiya  va  sport  mashg’ulotlarida  ta’lim  berishning  muhim 
jihatlari to’g’risida fikr yuritilgan. 

Jismoniy  tarbiya  va  sport  mashg’ulotlari  jarayonida  ta’lim  berishning 
xususiyatlarining  maqsadi  o’quvchi  va  talabalarni  organizmini  jismoniy 
rivojlantirish va sog’lom turmush tarzi kechirish talablariga o’rgatishdan iborat 
bo’ladi.  Shu  bilan  birga  jismoniy  tarbiya  sport  va  sog’lomlashtirish  tadbirlari 
mutaxassislik  mashg’ulotlarini  ijobiy  o’zlashtirishga  katta  yordam  beradi. 
O’quvchi va talabalar jismoniy tarbiya tadbirlari ertalabki badantarbiya, jismoniy 
tarbiya  darslari,  sport  to’garak  mashg’ulotlari,  sport  sog’lomlashtirish 
musobaqalari va bayramlari shakllarida bo’ladi. 
Ertalabki badantarbiya mashg’ulotlari talabalar yotoqxonasida ommaviy holda, 
yashash oylari va oilada mustaqil holda bajariladi.Ta’lim muassasalarida jismoniy 
tarbiya tadbirlari o’quvchi va talabalarni jismoniy rivojlantirish, sog’lomlashtirish 
va  hayot  faoliyatiga  tayyorlashdan  iborat  bo’ladi.  Jismoniy  tarbiya  jarayonlari 
barcha  bosqichlarida  tashkil  etiladi.  Jismoniy  tarbiyani  tashkil  etishda  ta’lim 
muassasaning  pedagogik  jamoasi  jismoniy  tarbiya  o’qituvchilari  va  sport 
murabbiylaring axamiyati katta. Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya tadbirlari 
ertalabki  badantarbiya,  jismoniy  tarbiya  darslari  sport  to’garaklaridagi 
mashg’ulotlar,  sport  musobaqalari  va  bayramlar  hamda  dam  olish  kunlari  va 
ta’tillarda olib boriladigan turizm mashg’ulotlari hisoblanadi. 

Files

32. 162-168_TALABALARDA JISMONIY MADANIYANI RIVOJLANTIRISH.pdf

Files (771.3 kB)

Name Size
md5:56176c78dcd4b7f8d10db3cb15ce9f83
771.3 kB Preview Download