SHOIRA ZULFIYA MO'MINOVA SHE'RIYATIDA FOLKLOR AN'ANALARI
Authors/Creators
- 1. O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti, O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi
Description
Annotatsiya: Mazkur maqolada xalqimizning sevimli shoirasi Zulfiya
Mo‘minova she’riyatining o‘ziga xos jihatlari, shoiraning folklordan foydalanish
mahorati haqida so‘z boradi. Maqolaga shoiraning folklor ta’sirida yozilgan “Oq
ilon” va “Xalq ohanglari” she’rlari tahlil qilinadi.
Sevimli shoirimiz Muhammad Yusuf: “ Shoirlar Xudoning erkatoylaridir”,
degan bir jumlani aytganlar. Aslida, shoir zotini taqdir har doim erkalatavermaydi,
biroq bu zot azoblar ichra ham lazzat, inkorlar ichra ham e’tirof va erkalanish
hislarini topa biladi. Ayniqsa, bu qismat egasi ayol zoti bo‘lsa, bu “erkatoylik”ni
tasavvur qilavering.