Published November 30, 2021 | Version v1

BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINI DARSLARDA KREATIVLIGINI SHAKLLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA

  • 1. Farg'ona davlat universiteti pedagogika-psixologiya fakulteti 3-kurs talabasi. Farg'ona davlat universiteti pedagogika-psixologiya fakulteti 2-kurs talabasi. Farg'ona davlat universiteti pedagogika-psixologiya fakulteti 1-kurs talabasi

Description

 Mazkur  maqolada  boshlang`ich  sinf  o`qituvchilarining 
kreativligi,  innovatsion  pedagogik  texnologiyalardan  foydalanishning 
samaradorligi,  ta’limning  mazmuni,  boshlang`ich  sinf  o`qituvchisiga 
qo`yiladigan  talablar  va  dars  jarayonida  o`qituvchining  darsga  kreativ 
yondashuvi,  o`quvchilar  bilan  birgalikdagi  hamkorligining  o`ziga  xos  jihatlari 
yoritilgan.  

O`zbekiston Respublikasining rivojlangan davlatlar qatorida taraqqiyot sari yuz 
tutishi bugungi kun o`quvchisi oldiga yangi talablarni qo`ymoqda. Endilikda u 
faqatgina maktab darslari materiallarini o`qib o`rganuvchi emas, balki o`zi ijodiy 
izlanib,  yangi  va  zamonaviy  axborotlarni  egallab,  bilimlar  cho’qqisiga  yetishi 
hamda jahon minbarlarida boshqa rivojlangan davlat bolalari bilan to`la raqobatga 
kirisha oladigan shaxs sifatida shakllanishi talab etilmoqda. Bu esa pedagogika 
fani oldiga bolalarda bilim olish va insoniy fazilatlarni va madaniyat unsurlarini 
o`zlashtirish kabi muhim va dolzarb muammoni qo`ymoqda. O`quvchi-yoshlarni 
bilimdon va ma`nan yetuk insonlar sifatida shakllantirishda ularning fanga, ta`lim 
olishga,  bilim  egallashga  bo`lgan  ichki  psixologik  yo`nalishni  shakllantirishda 
pedagog-tarbiyachilarning tutgan o`rni alohida. Aynan o`qituvchi bolalar uchun 
andoza  sifatida  namoyon  bo`ladi.  

Files

29. 139-144_BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI DARSLARDA KREATIVLIGINI SHAKLLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA.pdf