ZAMONAVIY TAʼLIM TIZIMIDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING IJOBIY AHAMIYATLARI
Authors/Creators
- 1. Buxoro shahar Otoboy Eshonov 3-bino 2-umumta'lim maktabi rus tili fani o'qituvchisi
Description
Annontatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy taʼlim tizimida axborot
kommunikatsiya texnologiyalarining ijobiy ahamiyatlari haqida fikr yuritilgan.
Jamiyat va ta’limni axborotlashtirish jarayonlarini jadallashtirish sharoitlarida
o‘quvchilar bilan dars mashg‘ulotlarini raqamli vositalardan foydalanib,
zamonaviy raqamli kommunikatsiya muhitida o‘tkazish katta samara beradi.
Kichik yoshdagi o‘quvchilarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
(AKT)ga o‘rgatish va ularni to‘g‘ri qo‘llash qobiliyatini boshlang‘ich
umumta’lim bosqichidagi universal o‘quv faoliyatlari bilan uyg‘unlikda
shakllantirish, uning samaradorligini ta’minlashning muhim elementi
hisoblanadi. Shuning uchun boshlang‘ich umumta’lim bosqichida universal o‘quv
faoliyatlarini shakllantirish uchun quyidagilarga: har qanday faoliyatlarga
kiruvchi AKTni qo‘llash sohasidagi elementlar bilan tanishtirish, AKT
savodxonligi elementlari hisoblangan texnologik ko‘nikmalar alohida emas, balki
idrok etish va kommunikativ masalalarni hal etish uchun ularni qo‘llash bilan
birgalikda shakllantirilishiga e’tibor qaratish zarur.