BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA ILMIY DUNYOQARASH ELEMENTLARINI SHAKLLANTIRISHDA ONA TILINI O'RGANISHNING O'RNI
Authors/Creators
- 1. Xorazm viloyati Gurlan tumani 42-AFCHO'I boshlang'ich sinf o'qituvchilari
Description
Annontatsiya: O’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish vazifalaridan biri ularda
ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishdir. Bu vazifani hal qilishda
maqsadga muvofiq ishlashning yetakchi sharti − o’quvchini shaxs sifatida
muvaffaqiyatli kamol toptirishdir.
Maktabda tilning barcha tomonlari (talaffuzi, fonetikasi, leksikasi,
grammatikasi, so’z yasalishi)ni o’zaro bog’liq holda o’rganish ona tilini
o’rgatishdagi yetakchi tamoyil bo’lib, uni amalga oshirish o’quvchilarning tilni
murakkab, rivojlanuvchan, o’zaro bog’langan muhim tomonlarga ega bo’lgan
hodisa sifatida anglab yetishlari uchun ilmiy asos yaratadi. Tilning mohiyatini
bunday idrok etish hodisalarning rivojlanuvchanligi va o’zaro bog’langan
qismlardan tuzilishini tushunishga zamin hozirlaydi.