KIMYO FANINI O'QITISH JARAYONIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Authors/Creators
- 1. Samarqand viloyati Ishtixon tumani 53-maktabning kimyo fani o'qituvchisi
Description
Annotatsiya: Maqolada kimyo fanini o‘qitish jarayonida innovatsion
texnologiyalardan foydalanish .O’quvchilarda kimyo faniga bo’lgan qiziqish va
mehr va predmetga mas’uliyatli munosabat uyg’otish, kimyo fanining hozirgi
davrdagi roli va o’rni haqida to’g’ri tasavvur shakllantirish haqida.
Kirish:Ta'lim-tarbiya jarayoniga kompetensiyali yondoshuv o'qitish
maqsadlariga erishish uchun ta'lim mazmunini boyitish o'quv jarayonini
innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish va natijalarini tahlil etishga imkon
beradigan umumiy prinsiplar yig'indisi sanaladi. Umumiy o’rta ta’lim
maktablaridagi kimyo fani ta’limi pedagogik jarayonining ajralmas tarkibiy qismi
bo’lib, ta’limning umumiy maqsadlariga muvofiq o’quvchi shaxsini tarbiyalashga
xizmat qiladi.
Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillarida ta’lim- tarbiya sohasini
isloh qilish natijasida to’plangan tajribalar, chiqarilgan bir qator xulosalar asosida
amaldagi ta’lim-tarbiya tizimini hozirgi taraqqiyot va kelgusidagi talablar
darajasiga ko’tarishga, uni takomillashtirishga jiddiy e’tibor berish zarurligi
ta’lim- tarbiyaning uzluksizligini ta’minlashdan kelib chiqib, «Kadrlar
tayyorlashning Milliy dasturi» va «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun O’zbekiston Respublikasi
Oliy majlisining IX sessiyasida muhokama qilindi va tasdiqlandi.