Published December 13, 2021 | Version v1

KRUPOZ PNEVMONIYANING HOZIRGI KUNDAGI AHAMIYATI VA DOLZARBLIGI

Description

Krupoz pnevmoniya asosan bakterial etiologiyali yallig’lanish kasalligi bo’lib, sovuqqotganda, quvvatsizlik holatida odamda pnevmokokk va stafilokokk qo‘zg‘atuvchilari oqibatida yuzaga keladi. Ushbu turda o‘pkaning butun bir bo‘lagi zararlanishi mumkin hattoki, o‘pkani o‘rab turuvchi parda ham zararlanadi. Bu alveolalarda ekssudat hosil bo’lishi, yallig’lanish hujayralari bilan infiltratlanishi, parenximaga ekssudat so’rilishi bilan kechadigan jarayondir. Kasallik odamda to‘satdan boshlanadi. U o’ziga xos xansirash, bosh og’rig’i, tanani qaqshab og’rishi, uchuq toshishi, ko’krak qafasidagi og’riq, harorat ko’tarilishi, nafas qisilishi, balg’amning zangsimon bo’lishi, pulsning tezlashishi bilan namoyon bo’ladi.

Files

V1I90023.pdf

Files (614.1 kB)

Name Size
md5:13c1efe7544693c552430b3659298d25
614.1 kB Preview Download