Published November 15, 2026 | Version v1

O'SMIRLAR AQLIY TARAQQIYOTI VA FIKR TARBIYASIDA OILA VA MAKTAB HAMKORLIGINING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK MEXANIZMLARI

Description

Mazkur tezisda o‘smirlarning aqliy taraqqiyoti va fikr tarbiyasini ta’minlashda oila hamda maktab hamkorligining psixologik-pedagogik mexanizmlari tahlil qilinadi. O‘smirlik davrida abstrakt va mantiqiy fikrlash, metakognitiv nazorat, muammoni hal qilish, mustaqil qaror qabul qilish, o‘z fikrini dalillash hamda o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatlari faol shakllanishi sababli bu jarayonda oilaviy va maktab muhitining o‘zaro uyg‘unligi alohida ahamiyat kasb etishi asoslanadi. Ota-onaning ta’limiy ishtiroki, kognitiv rag‘batlantirish, muloqot, o‘smir avtonomiyasini qo‘llab-quvvatlash, o‘qituvchining rivojlantiruvchi ta’lim usullari, maktabga daxldorlik hissi va oila–maktab o‘rtasidagi muntazam axborot almashinuvi asosiy mexanizmlar sifatida ko‘rib chiqiladi.

Files

2.63.pdf

Files (247.0 kB)

Name Size
md5:ac6f957df0e6ee3d4c56a2f699456ae9
247.0 kB Preview Download