INKLYUZIV TA'LIM SHAROITIDA BIRINCHI SINF O'QUVCHILARINING IJTIMOIY MOSLASHUVINI RIVOJLANTIRISHDA ADAPTIV-TARBIYAVIY MUHITNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada inklyuziv ta’lim jarayonida birinchi sinf o‘quvchilarining ijtimoiy moslashuvini rivojlantirishda adaptiv-tarbiyaviy muhitning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Ijtimoiy moslashuvni qo‘llab-quvvatlashda o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish, mustaqil fikrlash, o‘zaro muloqot, boshqalarning fikrini tinglash va hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning ahamiyati asoslangan. Shuningdek, tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishda o‘qituvchi va ota-onalar hamkorligini yo‘lga qo‘yish hamda barcha o‘quvchilarning sinf jamoasida faol ishtirok etishi uchun pedagogik shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.