SHAYBONIYLAR DAVRI TARIXINI O'QITISHDA O'QUVCHILARNING TARIXIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada Shayboniylar davri tarixini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning tarixiy tafakkurini rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslari va didaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. Tarixiy tafakkurni shakllantirishga oid xorijiy olimlarning ilmiy qarashlari asosida tarixiy voqealarni sabab-oqibat munosabatlarida o‘rganish, tarixiy manbalarni tanqidiy tahlil qilish, tarixiy shaxslar faoliyatini baholash hamda dalillarga asoslangan xulosalar chiqarishning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, Shayboniylar davriga oid tarixiy materiallardan foydalanish orqali o‘quvchilarning mustaqil, tanqidiy va tahliliy fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan metodik yondashuvlar tavsiflangan.