TARIXIY VAZIYATLARNI TANQIDIY BAHOLASH ORQALI O'QUVCHILARDA FIKR TARBIYASINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada tarixiy vaziyatlarni tanqidiy baholash orqali o‘quvchilarda fikr tarbiyasini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari yoritilgan. Tarix fanining o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, voqea-hodisalarning sabab va oqibatlarini aniqlash, tarixiy manbalarni tahlil qilish hamda asoslangan xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishdagi imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, tarixiy meros va innovatsion pedagogik yondashuvlarni uyg‘unlashtirish, muammoli ta’lim, munozara, keys-stadi va rolli modellashtirish metodlaridan foydalanishning ahamiyati ochib berilgan. Tarixiy vaziyatlarni tahlil qilishga asoslangan ta’limning o‘quvchilarda fikrlash madaniyatini shakllantirishdagi o‘rni asoslangan.