FIKR TARBIYASI VOSITASIDA O'SMIR QIZLARDA O'ZIGA ISHONCHNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada fikr tarbiyasining o‘smir qizlarda o‘ziga ishonchni rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari, mazkur jarayonning psixologik-pedagogik asoslari hamda samarali tashkil etish shart-sharoitlari yoritilgan. O‘smirlik davrida o‘zini anglash, o‘z imkoniyatlarini baholash, mustaqil fikrlash va ijtimoiy munosabatlarda o‘z o‘rnini topish jarayonlarining o‘ziga ishonch bilan o‘zaro aloqasi tahlil qilingan. Shuningdek, tarixiy pedagogik qarashlar va zamonaviy ta’lim strategiyalarini uyg‘unlashtirish, refleksiv faoliyatni tashkil etish, muammoli vaziyatlardan foydalanish, ijobiy pedagogik muhit yaratish hamda oila, maktab va mahalla hamkorligini kuchaytirishga doir yondashuvlar asoslangan. Maqola yakunida o‘smir qizlarda o‘ziga ishonchni rivojlantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar taklif etilgan.