"XX ASR BIRINCHI YARMIDA O'ZBEK RASSOMLARI IJODIDA MILLIY MEROS VA RUS BADIIY TAJRIBASI"
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada XX asrning birinchi yarmida O‘zbekiston dastgohli rangtasviri rivojiga rus badiiy maktablarining ta’siri va milliy bezak an’analarining o‘zbek rassomlari ijodida namoyon bo‘lishi yoritiladi. Bu davrda O‘zbekistonda yangi tasvirlash usullari, rang bilan ishlash tajribasi va kompozitsiya tuzish tamoyillari shakllana boshladi. Rassomlar Yevropa va rus rangtasvirining yutuqlarini o‘rganish bilan birga, o‘zbek xalqining turmush tarzi, me’moriy obidalari, milliy naqshlari va ranglaridan ham ilhom oldilar. Maqolada ushbu jarayonning milliy san’at rivojidagi o‘rni hamda tarixiy an’analarni zamonaviy ijod bilan bog‘lash imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.