Published November 14, 2026 | Version v1

ARXIVDAGI XX ASRNING 2-YARMIGA OID FOTOHUJJATLARNING BADIIY XUSUSIYATLARI

Description

Maqolada O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari Milliy arxivi fondlarida saqlanayotgan XX asrning ikkinchi yarmiga oid fotohujjatlarning badiiy xususiyatlarini o‘rganishning nazariy va amaliy mezonlari ishlab chiqiladi. Fotohujjat tarixiy dalil bo‘lishi bilan birga, kompozitsiya, rakurs, yorug‘lik-soya, tonal yechim, ritm, faktura, vaqt va makonning vizual talqini orqali estetik mazmun hosil qiluvchi obraz sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotda tarixiy-qiyosiy, formal-stilistik, ikonografik, semiotik, vizual tahlil va manbashunoslik usullari qo‘llanildi. Natijada XX asr ikkinchi yarmi arxiv fotografiyasiga xos hujjatlilik va badiiylik sintezi, reportajning “hal qiluvchi lahza” tamoyili, inson va mehnat obrazining markazlashuvi, me’moriy-industrial geometriya, qora-oq tasvirning tonal plastikasidan rangli fotografiyaga bosqichma-bosqich o‘tish hamda mafkuraviy reprezentatsiya bilan individual muallif nigohi o‘rtasidagi murakkab munosabatlar ajratib ko‘rsatildi. Fotohujjatni formal-plastik, hujjatli-semantik va arxiv-kontekstual qatlamlarda birgalikda o‘rganishga asoslangan uch qatlamli tahlil modeli taklif etildi.

Files

70.pdf

Files (286.8 kB)

Name Size
md5:55c094f59a62b68c53ce2c1675f5e988
286.8 kB Preview Download