BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING DIDAKTIK IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISHDA GENERATIV SUN'IY INTELLEKT VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
Authors/Creators
Description
Mazkur tezisda bo‘lajak o‘qituvchilarning didaktik ijodkorligini rivojlantirish jarayonida generativ sun’iy intellekt vositalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari va zarur shart-sharoitlari tahlil qilinadi. Didaktik ijodkorlikning mazmuni, uning pedagogik faoliyatdagi o‘rni hamda sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida innovatsion o‘quv topshiriqlari, ta’lim ssenariylari va baholash vositalarini loyihalash masalalari yoritiladi. Shuningdek, bo‘lajak pedagoglarning texnologik-pedagogik kompetensiyalarini shakllantirish, mustaqil ijodiy faoliyatini rag‘batlantirish, refleksiv yondashuvini rivojlantirish va sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalanishini ta’minlashga qaratilgan pedagogik shart-sharoitlar asoslanadi.