XIVA AN'ANAVIY UY-JOY ME'MORCHILIGIDAGI MILLIY BEZAK ELEMENTLARINI ZAMONAVIY DIZAYNDA QOʻLLASH
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada Xiva an'anaviy uy-joy me'morchiligiga xos milliy bezak elementlarining badiiy, estetik va amaliy xususiyatlari hamda ularni zamonaviy dizayn muhitida qoʻllash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Xorazm me'morchiligida shakllangan yogʻoch oʻymakorligi, naqshinkor ustunlar, ayvonlar, ganch bezaklari, geometrik va oʻsimliksimon naqshlar milliy badiiy tafakkurning muhim ifodasi sifatida oʻrganiladi. Shuningdek, an'anaviy bezaklarni zamonaviy interyer, mebel va dekorativ buyumlar dizayniga moslashtirish tamoyillari yoritiladi.