Published November 11, 2026 | Version v1

AMALIY BEZAK SAN'ATI: MILLIY MEROS VA ZAMONAVIYLIK NATYURMORT JANRIDAGI ASARLAR TALQINI MISOLIDA

Description

Maqolada amaliy bezak san’ati milliy meros sifatida, uning zamonaviy tasviriy san’at, xususan natyurmort janridagi talqini tahlil qilinadi. Natyurmort buyum olamini badiiy idrok etishning ixcham shakli sifatida amaliy san’at merosining tasviriy “arxivi” va uni zamonaviy ma’noda qayta o‘qish maydoni deb ko‘riladi. O‘zbek rassomlari ijodi (Sh.Hasanova, Usto Mumin, R.Ahmedov, A. Ikromjonov) misolida milliy merosning natyurmortda talqin etilishining uchta strategiyasi aniqlanadi: hujjatlashtiruvchi, stilistik-dekorativ va kontseptual-reflektiv. Tadqiqot natijalari meros va zamonaviylik munosabati ko‘chirmadan dialogga o‘tayotganini ko‘rsatadi.

Files

51.pdf

Files (414.3 kB)

Name Size
md5:622dfa74b91d867eadb2df2e3910b225
414.3 kB Preview Download