KAMOLIDDIN BEHZODNING SHARQ MINIATYURASI RIVOJIDAGI RO'LI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada Xuroson va O‘rta Osiyo Uyg‘onish davri san’atining yirik namoyandalaridan biri Kamoliddin Behzodning Sharq miniatyurasi rivojiga qo‘shgan hissasi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Rassom ijodining o‘ziga xos xususiyatlari, kompozitsion yechimlari, ranglar uyg‘unligi, inson obrazining psixologik talqini hamda kitob bezagi va portret san’atining takomillashuvidagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, Behzod ijodida an’anaviy badiiy tamoyillarning yangi tasviriy imkoniyatlar bilan boyitilishi, uning ijodiy merosi va miniatyura maktabining keyingi davrlar san’atiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari Behzod ijodining Sharq tasviriy san’ati tarixidagi badiiy, estetik va madaniy ahamiyatini ochib berishga xizmat qiladi.