QO'G'IRCHOQ TEATRIDA OBRAZ YARATISHNING BADIIY XUSUSIYATLARI
Authors/Creators
Description
Maqolada qo‘g‘irchoq teatrida badiiy obraz yaratishning tasviriy va sahnaviy vositalari tahlil qilinadi. Qo‘g‘irchoqning shakli, hajmi, rangi, materiali, tuzilishi va harakat imkoniyatlarining obraz yaratishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, rassom, rejissyor va aktyor hamkorligining spektakl mazmunini ochib berishdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. O‘zbek qo‘g‘irchoq teatri rassomlarining ijodiy izlanishlari, V. Akudin tomonidan yaratilgan qo‘g‘irchoq va dekoratsiyalar, sahna liboslari, ovoz va musiqaning badiiy obrazga ta’siri haqida fikr yuritiladi. Zamonaviy qo‘g‘irchoq teatrida raqamli texnologiyalar, interaktivlik va yangi sahnaviy yechimlardan foydalanish imkoniyatlari ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida qo‘g‘irchoqning badiiy qiyofasi, texnik tuzilishi va aktyor ijrosi o‘zaro uyg‘unlashgandagina yaxlit va ta’sirchan sahnaviy obraz yuzaga kelishi asoslanadi..