TURK DUNYOSI MADANIY MEROSINI BOLALAR O'YINGOHLARI DIZAYNIDA AKS ETTIRISHNING BADIIY IMKONIYATLARI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada Turk dunyosi xalqlarining boy madaniy merosini zamonaviy bolalar o‘yingohlari dizaynida qo‘llashning badiiy imkoniyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida turkiy xalqlarning amaliy bezak san’ati, ornamentlari, folklor qahramonlari hamda me’moriy merosi elementlarini bolalar o‘yin muhitiga integratsiya qilish imkoniyatlari tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, madaniy meros elementlarining o‘yingohlarda qo‘llanilishi bolalarning estetik didi, milliy identifikatsiyasi va madaniy xotirasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi aniqlandi.