Published November 2, 2026 | Version v1

KOʻP TILLI TERMINOLOGIK BAZALARNI AVTOMATIK YARATISH VA DEDUPLIKATSIYA: METODOLOGIYA VA NATIJALAR

Description

Ushbu maqolada koʻp tilli terminologik resurslarni avtomatik shakllantirish jarayonida yuzaga keladigan dublikatlik muammosining nazariy-metodologik asoslari va ularning amaliy yechimi koʻrib chiqiladi. Zamonaviy ilmiy-texnik matnlarda, xususan oʻzbek tilida, terminologik izchillikning yetishmasligi ilmiy kommunikatsiya sifatiga salbiy ta'sir koʻrsatishi, tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi. Maqolaning maqsadi – koʻp tilli terminologik resurslarni avtomatik shakllantirishda dublikat va parallel variantlarni aniqlashning nazariy-metodologik asoslarini ishlab chiqish hamda buni amaliyotda sinab koʻrishdan iborat. Tadqiqot metodologiyasi uch bosqichli modelga asoslanadi: terminlarni mavzuviy tasniflash, formal-semantik oʻxshashlik va morfologik normalizatsiyaga asoslangan deduplikatsiya, hamda ekspert nazorati orqali tasdiqlash. Amaliy qism doirasida turli manbalardan yigʻilgan terminlar birlashtirilib, 22 ta mavzuviy kategoriyaga boʻlingan, oʻzbek, ingliz, turk va rus tillarini qamrab oluvchi 927 termindan iborat koʻp tilli glossariy shakllantirildi hamda uni koʻrsatuvchi mustaqil web-interfeys yaratildi. Natijalar shuni koʻrsatadiki, faqat statistik-algoritmik mezonlarga asoslangan deduplikatsiya yetarli emas – morfologik normalizatsiya va ekspert nazoratini uygʻunlashtiruvchi gibrid model nazariy jihatdan asoslanganroq yechim hisoblanadi. Tadqiqot natijalari kam resursli va agglyutinativ tillar, jumladan oʻzbek tili uchun terminologik standartlashtirish nazariyasini boyitishga xizmat qiladi.

Files

27.pdf

Files (255.6 kB)

Name Size
md5:f2dca4100ebdb7d48fb507176fc776dd
255.6 kB Preview Download