Published November 2, 2026
| Version v1
Conference paper
Open
TA'LIM, ILM -FAN VA INDIVIDUAL TA'LIM TRAYEKTORIYASINI SHAKLLANTIRISHDA SUN'IY INTELLEKTNING OʻRNI
Description
Ushbu maqolada ta’lim va ilm-fan sohalarida individual ta’lim trayektoriyasini shakllantirishda sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘rni, imkoniyatlari va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchi va talabalarning bilim darajasi, qiziqishlari, individual qobiliyatlari, ta’lim olish sur’ati hamda kasbiy maqsadlari bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. Shu sababli barcha ta’lim oluvchilarga yagona yondashuv asosida ta’lim berish kutilayotgan natijani har doim ham ta’minlamaydi. Individual ta’lim trayektoriyasi esa ta’lim mazmuni, metodlari, vositalari va baholash mezonlarini shaxsiy ehtiyojlarga moslashtirish imkonini beradi.