AGROKLASTERLAR TARKIBIDA AGROTURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMI VA INVESTITSION SAMARADORLIGI (SAMARQAND VILOYATI UZUMCHILIK-MAYIZCHILIK KLASTERLARI MISOLIDA)
Authors/Creators
Description
Maqolada agrosanoat klasterlari tarkibida agroturistik xizmatlarni tashkil etishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi va investitsion samaradorligi Samarqand viloyatining uzumchilik-mayizchilik ixtisosligi misolida tadqiq etilgan. O‘zbekistondagi 633 ta agroklasterning tarkibiy tahlili, lokalizatsiya koeffitsienti (LQ), diskontlangan pul oqimlari modeli (NPV, IRR, PI, DPP), sezgirlik tahlili va 10 000 iteratsiyali Monte-Karlo simulyatsiyasi qo‘llanilgan. Samarqand viloyati 2024-yilda respublikada yetishtirilgan uzumning 37,0 foizini berib, uzum bo‘yicha LQ = 2,98 ga teng ekanligi, ya’ni viloyat aynan uzum klasterlari negizidagi agroturizm uchun eng qulay hudud ekanligi asoslangan. Klaster tarkibidagi namunaviy agroturistik modul (3,25 mlrd so‘m investitsiya) bazaviy ssenariyda NPV = 1 996 mln so‘m, IRR = 30,5 %, diskontlangan qoplanish muddati 6,6 yil natija berishi, Monte-Karlo simulyatsiyasi bo‘yicha esa loyihaning ijobiy NPV bilan yakunlanish ehtimoli 92,1 % ekanligi aniqlangan. Natijalar asosida klaster–agroturizm integratsiyasining uch bosqichli mexanizmi taklif etilgan.