Published October 19, 2026 | Version v1

RAQAMLI GRAFIKA DIZAYNINING GENEZISI VA NAZARIY KONSEPSIYALARI: JAHON DIZAYN TAJRIBASI KONTEKSTIDA

Description

Maqolada raqamli grafika dizaynining genezisi jahon grafik dizayni tarixidagi uzluksiz transformatsiya jarayoni sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi raqamli grafika dizaynining paydo bo‘lishini faqat kompyuter texnologiyalarining joriy etilishi bilan cheklamasdan, yozuv va bosma madaniyat, sanoat davri vizual kommunikatsiyasi, modernistik tipografiya, tizimli dizayn, desktop publishing, tarmoq interfeyslari hamda algoritmik-generativ vositalar o‘rtasidagi tarixiy-mantiqiy bog‘liqlikni ochib berishdan iborat. Tarixiy-qiyosiy, formal-stilistik, tizimli va media-arxeologik yondashuvlar asosida raqamli grafika dizaynining olti bosqichli rivojlanish modeli taklif etiladi. Shuningdek, funksionalizm, grid tizimi, rang va idrok nazariyasi, semiotik-kommunikativ yondashuv, dasturiy dizayn hamda yangi media nazariyasi kabi konsepsiyalarning zamonaviy raqamli dizayn amaliyotiga ta’siri ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijasida raqamli grafika dizayni texnologik vosita emas, balki vizual grammatika, mualliflik modeli, kommunikativ mantiq va media muhitining birgalikdagi o‘zgarishidan tashkil topgan murakkab madaniy-estetik tizim sifatida izohlanadi.

Files

63.pdf

Files (284.1 kB)

Name Size
md5:e60db5335a69f4c435e55c8cc2528535
284.1 kB Preview Download