YANGI O'ZBEKISTON ME'MORCHILIGIDA AN'ANAVIY VA ZAMONAVIY USLUBDA BEZAKLARNING QO'LLANILISHI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada O’zbekiston zamonaviy me’morchiligida milliy amaliy san’at an’analarining qayta talqin qilinishi yog’och o’ymakorligi misolida tahlil etiladi. Tadqiqotda yog’och o’ymakorligining tarixiy me’moriy muhitdagi vazifasi, an’anaviy naqsh va kompozitsiyalarning badiiy dizaynxususiyatlari hamda ularning zamonaviy interyer va eksteryer yechimlarida qo’llanish imkoniyatlari ko’rib chiqilgan. Asosiy e’tibor an’anaviy bezakni zamonaviy binoga mexanik ravishda ko’chirish emas, balki uning kompozitsion mantig’i, material bilan ishlash madaniyati va milliy obrazini yangi me’moriy sharoitda davom ettirish masalasiga qaratiladi. Yog’och o’ymakorligining Xiva, Qo’qon, Toshkent, Samarqand va Buxoro kabi hududlarda shakllangan mahalliy maktablari o’ziga xos badiiy usullari bilan ajralib turishi aniqlanadi. Tadqiqot davomida an’anaviy naqshlarning soddalashtirilishi, tabiiy yog’och fakturasining zamonaviy materiallar bilan uyg’unlashtirilishi, shuningdek, qo’l mehnati va yangi texnologiyalarning birgalikda qo’llanishi zamonaviy me’morchilikda milliylikni ifodalashning samarali yo’llaridan biri ekanligi asoslanadi. Natijada yog’och o’ymakorligi faqat bezak elementi emas, balki tarixiy xotira, madaniy davomiylik va zamonaviy milliy me’moriy qiyofani bog’lovchi badiiy vosita sifatida namoyon bo’lishi ta’kidlanadi.