SUN'IY INTELLEKT ASOSIDA ALOHIDA TA'LIM EHTIYOJLARI BO'LGAN BOLALAR UCHUN INDIVIDUAL TA'LIMNI TASHKIL ETISH METODIKASI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalari asosida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun individual ta’limni tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari va metodik asoslari yoritilgan. Ta’lim jarayonida sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish orqali bolalarning individual xususiyatlari, ta’lim olish imkoniyatlari va rivojlanish ehtiyojlarini hisobga olish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, moslashtirilgan o‘quv materiallarini ishlab chiqish, ta’lim topshiriqlarini individuallashtirish hamda pedagogik qo‘llab-quvvatlash samaradorligini oshirishda sun’iy intellektning ahamiyati asoslangan. Maqolada maxsus va inklyuziv ta’lim amaliyotida sun’iy intellektdan foydalanishning istiqbollari hamda mavjud muammolar yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalar bayon etilgan.