SOLIQ SALOHIYATINI BAHOLASHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI VA METODOLOGIK ASOSLARI
Authors/Creators
Description
Mazkur tadqiqotda soliq salohiyatini baholashning nazariy asoslari, uning iqtisodiy mazmuni va zamonaviy metodologik yondashuvlari tadqiq etilgan. Soliq salohiyatini aniqlashda soliq bazasini baholash, iqtisodiy ko‘rsatkichlarga asoslangan ekonometrik usullar, vakillik soliq tizimi (Representative Tax System — RTS) hamda fiskal salohiyat indeksidan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, soliq salohiyati (Tax Capacity), soliq sa’y-harakati (Tax Effort) va soliq tafovuti (Tax Gap) tushunchalarining o‘zaro farqlari yoritilgan. Turli metodologik yondashuvlarning afzalliklari va cheklovlari qiyosiy tahlil qilinib, soliq salohiyatini baholashda mamlakatning iqtisodiy tarkibi, institutsional sharoitlari va soliq ma’murchiligi xususiyatlarini hisobga olish zarurligi asoslangan. Tadqiqot natijalari soliq tushumlarini prognozlash, fiskal imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda soliq siyosatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.