Published October 13, 2026 | Version v1

OLIY TA'LIM RAHBARLARI KOMMUNIKATIV KREATIVLIGINI RIVOJLANTIRISHDA 12 HAFTALIK INTERVENSIYA SAMARADORLIGI

Description

Ushbu maqolada O‘zbekistonning uchta davlat universitetida faoliyat yurituvchi 90 nafar rahbar-xodim ishtirokida kommunikativ kreativlikni rivojlantirishga qaratilgan 12 haftalik intervensiyaning samaradorligi tahlil qilinadi. Kvazi-eksperimental oldingi va keyingi test nazorat guruhi dizaynida ishtirokchilar 45 nafardan tajriba va nazorat guruhlariga ajratildi. Dastur divergent fikrlash, innovatsion xulq-atvor, kommunikativ fleksibillik va tizimli yechim topish modullarini qamrab oldi. Statistik tahlilda juft tanlanmalar t-testi, ANCOVA va ta’sir hajmi ko‘rsatkichlaridan foydalanildi. Tajriba guruhida umumiy kommunikativ kreativlik o‘rtacha bali 3,21 dan 4,08 gacha oshdi; d=1,99 va η²=0,422 katta amaliy ta’sirni ko‘rsatdi. Lavozim, ish staji va OTM bo‘yicha tahlillar natijaning turli guruhlarda saqlanganini ko‘rsatgan bo‘lsa-da, kvazi-eksperimental dizayn va uzoq muddatli kuzatuvning yo‘qligi sababli xulosalar ehtiyotkor talqin qilinadi.

Files

3.53.pdf

Files (299.3 kB)

Name Size
md5:1028e4a07e5fa2e2809333ff8ee582df
299.3 kB Preview Download