BADIIY DISKURSDA YOSH KATEGORIYASINING LINGVISTIK IFODASI
Authors/Creators
Description
Tezisda yosh kategoriyasining ingliz va o‘zbek badiiy diskursidagi lingvistik ifodasi funksional-semantik maydon nazariyasi asosida tahlil qilinadi. Yosh inson hayotining xronologik o‘lchovi bo‘lishi bilan birga, ijtimoiy va madaniy baho ham kasb etuvchi antropotsentrik kategoriya sifatida qaraladi. Tadqiqotda bu kategoriyani ifodalovchi vositalar besh darajada tasnif qilinadi: miqdoriy-sintaktik, leksik-semantik, morfologik, frazeologik-metaforik va matn darajasi (nutqiy portret, hikoyachi nuqtai nazari). Qiyosiy tahlil natijasida ikki tildagi umumiy va milliy-madaniy xususiyatlar aniqlanadi. Ular yoshga oid baholash, evfemizatsiya va obrazlilik bilan bog‘liq.