Published September 16, 2026
| Version v1
Conference paper
Open
"GULISTON" JURNALIDA ADABIY-TANQIDIY MAQOLALAR TALQINI
Authors/Creators
Description
XX asrning 30-yillari o‘zbek adabiyoti tarixida murakkab va ziddiyatli davrlardan biri hisoblanadi. Mazkur davrda ijtimoiy-siyosiy hayotdagi keskin o‘zgarishlar adabiyot va san’at rivojiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatdi. Shunga qaramay, o‘zbek adabiy jarayoni to‘xtab qolmadi. Davriy matbuot sahifalarida badiiy asarlar bilan bir qatorda adabiy-tanqidiy va ilmiy-tahliliy maqolalar ham muntazam e’lon qilindi. Ana shunday nashrlardan biri “Guliston” jurnali bo‘lib, uning sahifalarida o‘zbek adabiyoti, mumtoz meros, zamonaviy ijodkorlar hamda jahon adabiyoti namoyandalarining ijodiga oid muhim materiallar berib borildi.