ISHTIROKCHILIK, SHAFFOFLIK VA HISOBDORLIK TAMOYILLARINING TA'LIM MUASSASASINI BOSHQARISHDAGI PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Authors/Creators
Description
Maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini boshqarishda ishtirokchilik, shaffoflik va hisobdorlik tamoyillarining pedagogik hamda boshqaruv imkoniyatlari tahlil qilingan. Ushbu tamoyillarning maktab rahbariyati, pedagogik jamoa, ota-onalar, o‘quvchilar, mahalla va jamoatchilik o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Ochiq axborot, jamoatchilik monitoringi, muhokama, qayta aloqa va boshqaruv qarorlarining ijrosini baholash orqali ta’lim-tarbiya sifatiga ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari asoslangan. Ishtirokchilikning manfaatdor tomonlarni boshqaruv jarayoniga jalb etishi, shaffoflikning axborot ochiqligini ta’minlashi, hisobdorlikning esa qaror va faoliyat uchun mas’uliyatni kuchaytirishi o‘zaro bog‘liq pedagogik-boshqaruv jarayoni sifatida yoritilgan.