TA'LIM-TARBIYA SIFATIGA TA'SIR ETUVCHI JAMOATCHILIK NAZORATI OMILLARINING PEDAGOGIK-BOSHQARUV XUSUSIYATLARI
Authors/Creators
Description
Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya sifatiga ta’sir etuvchi jamoatchilik nazorati omillari pedagogik va boshqaruv nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Huquqiy-tashkiliy asoslar, jamoatchilik subyektlarining faolligi, axborot ochiqligi, monitoring, jamoatchilik fikri, ekspertiza, qayta aloqa, boshqaruv qarorlarining sifati va ijro nazoratining ta’lim-tarbiya jarayoniga ta’siri yoritilgan. Ota-ona, mahalla, pedagogik jamoa, o‘quvchilar va jamoat tashkilotlari ishtirokining bevosita hamda bilvosita ta’sir imkoniyatlari asoslangan. Jamoatchilik nazoratini ta’lim sifati, tarbiyaviy muhit, o‘quvchilar xavfsizligi, ijtimoiy ishonch va boshqaruv samaradorligini o‘zaro bog‘laydigan kompleks boshqaruv mexanizmi sifatida tashkil etish zarurati ochib berilgan.