SUN'IY INTELLEKT ASOSIDA STRATEGIK TA'LIM BOSHQARUVINI RIVOJLANTIRISH
Authors/Creators
Description
Ushbu maqola sun'iy intellekt (SI) texnologiyalari asosida strategik ta'lim boshqaruvini rivojlantirishning texnik va tashkiliy asoslarini o'rganishga bag'ishlangan. Maqolada ta'lim muassasalarida SI asosidagi boshqaruv tizimlarini arxitekturasi, ma'lumotlar oqimlarini integratsiya qilish modellari va qaror qabul qilish jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Muhandislik nuqtai nazaridan ta'lim boshqaruvida SI tizimlarini ishlab chiqish va joriy etishning texnik talablari hamda O'zDJTU huzuridagi markaz uchun ishlab chiqilgan prototip yechimlar taqdim etiladi. Tadqiqot natijalari ta'lim muassasalari rahbarlari va IT mutaxassislari uchun SI asosidagi boshqaruv tizimlarini qurish bo'yicha amaliy yo'riqnoma vazifasini o'taydi.