INGLIZ TILI TA'LIMIDA GENERATIV SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYASI ASOSIDA KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYANI TAKOMILLASHTIRISHNING INNOVATSION METODIKASI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada ingliz tili ta’limida generativ sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish orqali nofilologik yo‘nalish talabalari kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirishning innovatsion metodikasi yoritilgan. Olib borilgan tadqiqot ishida sun’iy intellekt texnologiyalarining didaktik imkoniyatlari tahlil qilinib, ChatGPT generativ sun’iy intellekt vositasidan foydalanishga asoslangan o‘qitish modeli tavsiya etilgan. Metodika kommunikativ yondashuv, kompetensiyaviy yondashuv hamda raqamli pedagogika tamoyillariga asoslanib ishlab chiqilgan bo‘lib, talabalarning tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish kabi nutq faoliyati ko‘nikmalarini, lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik va strategik kabi sub-kompetensiyalarini integrallashgan holda takomillashtirishga xizmat qiladi. Tajriba-sinov ishlari natijalari generativ sun’iy intellekt vositalarining ta’lim jarayoniga maqsadli integratsiyasi talabalarning kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirishda samarali ekanligini ko‘rsatdi.