REKLAMA DISKURSIDA AUDITORIYANING FAOL ISHTIROKI VA UNING LINGVISTIK TALQINI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada zamonaviy reklama diskursining kommunikativ-pragmatik xususiyatlari hamda auditoriyaning reklama kommunikatsiyasidagi o‘rni tahlil qilinadi. Reklama matni ommaviy kommunikatsiyaning muhim tarkibiy qismi sifatida ko‘rib chiqilib, uning auditoriyaga ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari lingvistik nuqtayi nazardan yoritiladi. Tadqiqotda reklama diskursining shakllanishida auditoriyaning faol ishtiroki, Erving Goffman, Allan Bell, Meinhof, Richardson va Cotter tomonidan ilgari surilgan nazariy yondashuvlar asosida izohlanadi. Shuningdek, reklama matnining maqsadli auditoriyaga moslashtirilishi, “audience design” tamoyili, kommunikativ rollar hamda madaniy kodlarning reklama mazmunini shakllantirishdagi ahamiyati tahlil etiladi.