Published June 27, 2026 | Version v1

Bobur she'riyatida qofiya turlarining qo'llanishi

Description

Mazkur maqolada Bobur she'riyatida qofiyaning badiiy va nazariy xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda raviy tushunchasi va uning qofiya tarkibidagi vazifasi Bobur g'azallari orqali izohlangan. Shuningdek, muqayyad va mutloq qofiyalarning o'ziga xos jihatlari, mujarrad, murdaf, muqayyad va muassas qofiya turlari she'riy namunalar yordamida tahlil qilingan. Bobur ijodida qofiya san'atining badiiy mahorat va estetik ta'sirni kuchaytiruvchi vosita ekanligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari o'zbek mumtoz she'riyati hamda qofiya nazariyasini o'rganishda ahamiyat kasb etadi.

Files

Bobur_she_riyatida_qofiya_turlarining_qo_llanishi.pdf

Files (70.7 kB)