Published June 27, 2026 | Version v1

Kogon tumani muqaddas qadamjolarining rekreatsion imkoniyatlari: ziyoratchilar oqimini geografik tahlil qilish

Description

Ushbu maqolada Kogon tumani tarixiy va muqaddas qadamjolari hamda ularning rekreatsion imkoniyatlari tahlil qilinadi. Maqolada tuman qishloqlaridagi ziyoratgohlar, jumladan Sayid Amir Kulol maqbarasi (Suxor qishlog'i), Bahouddin Naqshband majmuasi va Amir Muzaffar masjidi (Qasri Orifon qishlog'i), Zirabod jome masjidi (Zirabod qishlog'i) kabi obidalar keltiriladi. Maqolada ziyoratchilar oqimi, ularning geografik kelib chiqishi va ziyorat maskanlariga tashrif harakati tahlil qilinadi. Shuningdek, Kogon tumani hududidagi ziyoratgohlarning rekreatsion salohiyati, transport infratuzilmasi va hududiy bog'lanish imkoniyatlari o'rganilgan. Xulosa sifatida, tuman hududidagi muqaddas qadamjolar nafaqat diniy va tarixiy ahamiyatga ega, balki ziyorat turizmi va rekreatsion rivojlanish uchun katta salohiyatga ega ekanligi ta'kidlanadi.

Files

Kogon_tumani_muqaddas_qadamjolarining_rekreatsion_imkoniyatlari__ziyoratchilar_o.pdf