OTM TALABALARINING ILMIY VA IJODIY KOMPETENTLIGINI BAHOLASHDA AVTOMATLASHTIRILGAN RAQAMLI PLATFORMALAR VA ULARNING SAMARADORLIGI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarining ilmiy va ijodiy kompetentligini baholash jarayonini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi. [4], [5] Xususan, an’anaviy baholash usullarining cheklovlari tahlil qilinib, ularni zamonaviy axborot texnologiyalari asosida rivojlantirish zarurati asoslab beriladi. Tadqiqot doirasida avtomatlashtirilgan raqamli platformalardan foydalanishning afzalliklari, ularning funksional imkoniyatlari hamda baholash jarayoniga ta’siri o‘rganilgan.[1], [3] Shuningdek, bunday platformalar yordamida talabalar faoliyatini tizimli monitoring qilish, natijalarni aniqlik va shaffoflik asosida baholash imkoniyatlari yoritilgan. Maqolada taklif etilgan yondashuvlar talabalar salohiyatini to‘g‘ri aniqlash, ularning ilmiy va ijodiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.